Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
8 nafar erkin kurashchimiz jahon chempionatida ishtirok etadi
14:16 / 2025-10-14

Joriy yilning 20-27 oktyabr kunlari Serbiyada sport kurashlari bo‘yicha U23 yosh toifasida jahon chempionati o‘tkaziladi. Quvonarlisi, chempionatning erkin kurash yo‘nalishida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadi.

Musobaqada quyidagi 8 nafar sportchimiz mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

57 kg: Nodirbek Jumanazarov

61 kg: Behruzbey Turanmuratov

65 kg: Umidjon Jalolov

70 kg: Begijon Qo‘ldoshev

74 kg: Jafar Cho‘liboyev

92 kg: Sherzod Poyonov

97 kg: Otabek Nazirboyev  

125 kg: Namoz Abdurashidov.  

Darvoqe, mamlakatimiz sportchilari yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha ham bellashuvlarda ishtirok etadi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA