French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
8 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
10:25 / 2025-12-07

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 8 dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi. 

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi, ayrim joylarda kuchayishi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. 

Muhim hodisalar 

Joriy yilning 8-10 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. 

8-9 dekabr kunlari O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 8-10 dekabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan kuchayadi. 

9-10 dekabrda shimolda va cho‘l hududlarining ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-18 metrgacha, ba’zi joylarida sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin.

10 dekabrga kelib, markaziy hududlarda harorat asta-sekin kechasi 2-5 daraja sovuqqacha, kunduzi 3-6 daraja iliqqacha, shimolda kechasi 7-10 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-3 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda. 

7-9 dekabr kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. 

O‘zA