Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
79 million 500 ming so‘mlik sifatsiz mebellar yangisiga almashtirildi
13:57 / 2023-03-31

Toshkent shahar Yunusobod tumani Mashinasozlar ko‘chasida yashovchi fuqaro M.R. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Unga ko‘ra, fuqaro 2022 yilning avgust oyida Toshkent viloyati M.Ulug‘bek tumanida joylashgan “Mondelux Kitchen” MCHJdan jami 79 million 500 ming so‘mlik oshxona mebellari to‘plamini xarid qilgan. Mazkur mebellarning granit tosh qismi sifatsiz bo‘lgani sababli, fuqaro uni almashtirib berish uchun MCHJ rahbariyatiga bir necha marta murojaat qilgan, lekin muammo o‘z yechimini topmagan.  

“Mondelux Kitchen” MCHJning bosh korxonasi Samarqand viloyatida joylashgani bois, mazkur murojaat Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ma’sul xodimlari tomonidan o‘rganildi.  

Natijada, MCHJ rahbar va xodimlariga amaldagi qonun talablari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, 30 mart kuni iste’molchining xarid qilgan mebellar to‘plami yangisiga almashtirib berildi.  

O‘zA