Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
764 nafar mahbus ozod qilinadi
09:49 / 2019-05-31

Turkmaniston rahbariyati tomonidan e’lon qilingan afvga binoan jazoni ijro etish joyidan 764 kishi ozod qilinadi.


Turkmaniston rahbariyati tomonidan e’lon qilingan afvga binoan jazoni ijro etish joyidan 764 kishi ozod qilinadi. 

Turkmaniston Davlat matbuotining xabar qilishicha, 29 may kuni hukumat majlisida hujjatni imzolagan Turkmaniston Prezidenti mamlakat bosh prokurori B.Atdaevga huquq-tartibot idoralari rahbarlari bilan hamkorlikda afv qilingan barcha mahbuslar yaqin oralarda ozod qilinib, o‘z oilasi bag‘riga qaytishi uchun tegishli choralar ko‘rilishi yuzasidan topshiriq berdi.

“Afv aksiyasini o‘tkazar ekanmiz, biz odamlarga qilgan ayblari uchun pushaymon bo‘lish, yangi hayot boshlash, halol mehnati bilan aybini yuvish va mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shish imkoniyatini yaratib beramiz“, dedi davlat rahbari.

Ta’kidlanishicha, turkman yetakchisi mahalliy hukumat idoralari rahbarlariga afv qilingan fuqarolarni ishga joylashtirish uchun zarur choralar ko‘rishni topshirdi.

Turkmanistonda 2006 yil oxirlarida hokimiyatga Gurbanguli Berdimuhamedov kelganidan keyin u yoki bu bayram munosabati bilan afv e’lon qilish an’anaga aylandi.