Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
76 yoshli momoning tomorqasida qulupnaylar
18:18 / 2026-03-05

Tomorqa – shunchaki yer maydoni emas, balki qo‘shimcha daromad manbai. Yerdan oqilona foydalangan kishi o‘z mehnati orqali ro‘zg‘origa baraka kiritadi.

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Sohilobod mahallasida aholi asosan bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadi. Yastanib yotgan tokzorlar, shaftolizor va bodomzorlar tufayli fuqarolar bandligi ta’minlangan. Bu yerda ishsiz odamlarni deyarli uchratmaysiz, kambag‘al oilalar ham juda ozchilik.

Mehnat faxriysi, 76 yoshni qarshi olgan Ominaxon aya Ayupova 10 sotixli tomorqasida besh yil avval issiqxona tashkil etgan edi. Avvaliga pomidor, bodring ekildi. Uch yildirki, gidroponika usulida qulupnay ko‘chatlarini parvarishlab kelmoqda. Momoning aytishicha, o‘tgan yilning oktabr oyida o‘tqazilgan ko‘chatlar bir yil davomida hosil beraveradi. Bahoru yoz, kuzu qish bu fayzli xonadondan xaridorlarning keti uzilmaydi.  

Ayni paytda pishgan qulupnay ichki bozorda kilosi 180-200 ming so‘mdan sotilmoqda. Yillik daromad 60-70 million so‘mgacha boradi. Qolaversa, so‘rilar tagidagi limon ko‘chatlari ham hosilga kirgan. Bunday tomorqani xazinaga aylantirayotgan oilalar tumandagi barcha mahallalarda ko‘plab topiladi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA