Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
76 ta qoidabuzarlik holati aniqlandi
15:12 / 2025-12-06

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida joriy yilning o‘tgan davrida o‘zboshimchalik bilan yerni egallash va noqonuniy qurilish bilan bog‘liq 76 ta holat aniqlangan va barchasiga qonunchilik asosida tegishli choralar ko‘rilgan. Bu haqda Kadastr agentligi tuman bo‘limi tomonidan OAV xodimlari uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi.

Matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, mahallalar kesimida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilish ishlari va yer qonunchiligi buzilishi bilan bog‘liq holatlar muntazam ravishda tekshirilib, aniqlangan qoidabuzarliklarga nisbatan belgilangan tartibda choralar qo‘llanmoqda.

Yer qonunchiligiga muvofiq, Yer kodeksining 90-moddasida yer uchastkalaridan ruxsatsiz foydalanish, ularni o‘zboshimchalik bilan egallash, qishloq xo‘jaligi yerlarini yaroqsiz holga keltirish hamda tabiiy muhitga zarar yetkazuvchi ob’ektlarni qurganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasining 3-qismida esa o‘zboshimchalik bilan qurilish olib borgan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari, mansabdor shaxslarga esa 400 baravari miqdorida jarima qo‘llanishi ko‘rsatilgan.

Matbuot anjumanida aholi va jamoatchilikka yer qonunchiligiga amal qilish, noqonuniy qurilish va o‘zboshimchalik holatlarini bartaraf etish hamda yer resurslaridan samarali foydalanish borasida keng tushuntirishlar berildi.

G‘ulom Primov, O‘zA