English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliy xomashyodan raqobatbardosh mahsulot
13:32 / 2014-12-05

“Namanganmash” aksiyadorlik jamiyatida yangi turdagi zadvijka ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

“Namanganmash” aksiyadorlik jamiyatida yangi turdagi zadvijka ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar doirasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan biznes loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sanoat korxonalari imkoniyatini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotir.

Shu paytga qadar xorijdan valyuta hisobiga keltirilayotgan zadvijkalar “Ohangaron sement zavodi” aksiyadorlik jamiyatining ehtiyoj va taklifi asosida o‘zlashtirildi. Namanganlik mutaxassislar tomonidan tayyorlangan mahsulot pishiqligi va qulayligi bilan xorijnikidan aslo qolishmaydi.

– Mamlakatimizdagi neft va gaz sanoati hamda energetika korxonalarini 40 dan ortiq turdagi zadvijkalar bilan ta’minlamoqdamiz, – deydi korxona bo‘lim boshlig‘i L.Qoraboyev. – Ularning asosiy qismi mahalliylashtirish dasturi asosida ishlab chiqarilayotir. Joriy yilning o‘tgan davrida buyurtmachilarga 4 milliard 838 million so‘mlik mahsulot yetkazib berildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16 foiz ko‘pdir.