2020 yilning 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan Oliy ta’lim muassasalari rektorlariga maktablarga borib, ularning muammolari bilan shug‘ullanish masalasida aniq vazifalar belgilab berdi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish va kam ta’minlangan, «Temir daftar»ga kirgan hamda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga yordam berish maqsadida Chilonzor tumanida joylashgan 10 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarini otaliqqa olgan.
Ma’lumki, keyingi yillarda har bir maktabning reytingi ularning bitiruvchilarini Oliy o‘quv yurtlariga kirish darajasi bilan belgilanmoqda. Maktab rahbarlari o‘zlarining bitiruvchi sinf o‘quvchilarini fanlar kesimida kirish test sinovlariga tayyorlab berish uchun so‘rov xatlari orqali universitetga murojaat qilishgan.
Shunga asosan universitet rektori Alisher Umarov tomonidan maktab direktorlari va bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Rektor har bir o‘quvchi bilan suhbatlashib, ularni kelajakdagi maqsadlari haqida qiziqdi.
Bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichini oshirish, fanlardan o‘qish sifatini yanada oshirish maqsadida Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylangan 114-umumiy o‘rta ta’lim maktabidan – 5 nafar, 131-umumiy o‘rta ta’lim maktabidan – 4 nafar, 138-umumiy o‘rta ta’lim maktabidan – 11 nafar, 173-umumiy o‘rta ta’lim maktabidan – 17 nafar, 179-umumiy o‘rta ta’lim maktabidan – 1 nafar, 183-umumiy o‘rta ta’lim maktabidan – 2 nafar, 201-umumiy o‘rta ta’lim maktabidan – 16 nafar, 202-umumiy o‘rta ta’lim maktabidan – 9 nafar, 270-umumiy o‘rta ta’lim maktabidan – 5 nafar hamda 281-umumiy o‘rta ta’lim maktabidan – 5 nafar jami 74 nafar bitiruvchi sinf o‘quvchilari universitetning Tayyorlov bo‘limida universitetlarga hujjat topshiradigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha fanlar kesimida dastlabki bilim darajasini test sinovlari orqali aniqlanib, fevraldan boshlab bepul o‘quv mashg‘ulotlarini boshlaydilar.
Odatda universitet Tayyorlov bo‘limida tinglovchi-abituriyentlar pulli to‘lov asosida o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradilar. Yuqorida qayd etilgan maktab o‘quvchilari universitetning Ilmiy kengashi qarori bilan byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bepul ta’lim oladilar.
O‘zA