713,6 milliard so‘m noyabr oyi nafaqasi to‘liq moliyalashtirildi
Ijtimoiy himoya milliy agentligining xabar berishicha, 2025 yil noyabr oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 716,3 ming nafar nafaqa oluvchilar uchun talab etilgan 713,6 milliard so‘m mablag‘lar tijorat banklariga to‘liq moliyalashtirildi.
Shuningdek, nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 619,1 ming nafar (ya’ni umumiy oluvchilarning 86,2%) fuqarolarning bank kartalariga mablag‘lar to‘liq yuklab berildi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy to‘lovlari Xalq bankining sayyor kassalari orqali yetkazib berilyapti.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA