FOTOREPORTAJ
Yurtimizdagi foydali qazilmalarning asosiy konlari Markaziy Qizilqum mintaqasida joylashgan. Bugungi kunda ularni o‘zlashtirish, eng yangi texnika va texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalarni foydalanishga topshirish hamda mamlakatimiz iqtisodiy rivojini jadallashtirish ishlarida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining alohida o‘rni bor.
Hozirda NKMK konlarida ko‘plab usullarda oltinga boy bo‘lgan ma’dan qazib olinmoqda. Ulardan eng mashaqqatlisi yer ostidan, 600-700 metrgacha qazib olinayotganidir.
[gallery-19674]
Ma’lum bo‘lishicha, konchilik dunyodagi eng xavfli 10 ta kasbning biri hisoblanadi. Albatta, yer ostida ishlash, tor yo‘lakchalar va havo tanqisligi sharoitida mineral toshlarni maydalash – bu har kim ham uddalay oladigan ish emas.
Mana shunday mashaqqatli kasb egalarining ish jarayonini fotoob’ektivimizga muhrlashga harakat qildik.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA