70 dan ortiq markazlashtirilgan va 50 mingta markazlashtirilmagan zaryadlash stansiyasi quriladi
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti va Xitoy Xalq Respublikasining “Henan Suda” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga e’tibor qaratdi. Mamlakatimizda elektromobillarni quvvatlash qurilmalari va texnologiyalarini qurish loyihasini amalga oshirish masalasi ham muhkoma markazida bo‘ldi.
Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekistonda energiya tejamkor texnologiyalar va elektromobillarni quvvatlash qurilmalari hamda texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik kelishuvini imzoladi.
Unga ko‘ra, 2033 yilgacha 14 ta hududda 70 dan ortiq markazlashtirilgan va 50 mingta markazlashtirilmagan zaryadlash stansiyalarini qurish hisobiga 700 mingdan ortiq elektr transport vositalarini quvvatlantirish nazarda tutilgan.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA