Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
7 yilga "yoshargan" kran
13:50 / 2024-10-03

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 iyundagi 352-sonli qaroriga asosan kon-metallurgiya, neft-gaz va kimyo sanoatida foydalaniladigan avtokranlar uchun bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan imtiyoz berilishi nazarda tutilgan.

Biroq, ayrim shaxslar tomonidan mazkur berilgan imtiyozlarni suiiste’mol qilish holatlari uchrab turibdi.  

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining "Arkbuloq" bojxona postida xorijdan keltirilgan, hujjatlarga ko‘ra 2021 yilda ishlab chiqarilgan deya ko‘rsatilgan, yuk ko‘tarish qobiliyati 50 tonnani tashkil etuvchi avtokran belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.  

Ko‘rik davomida avtotransport vositasiga tushirilgan ishlab chiqarilgan yiliga doir yozuvlar qo‘lbola tarzida o‘zgartirilgani, shuningdek transport vositasi qismlarida qayta bo‘yash belgilari mavjudligi aniqlandi.  

Shubhalarni esa O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika Bosh markazi tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza xulosasi ham tasdiqladi. Ya’ni, transport vositasi hujjatlarda ko‘rsatilganidek, 2021 yilda emas, aksincha 2014 yilda ishlab chiqarilgani aniqlandi.

Natijada, qiymati 1,5 milliard so‘mlik  mazkur transport vositasiga nisbatan  bojxona to‘lovlaridan hisoblangan 1 milliard 18 million so‘mlik imtiyozlar bekor qilindi.    

Hozirda avtotransport vositasi vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan tekshiruv va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA