Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
7 ta kombayn xatlangach, kredit qarzi to‘landi
11:02 / 2023-07-19

Taraflarning shartnoma shartlariga amal qilmasligi belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi. Hatto shartnomalarning muddatidan oldin bekor qilinishiga olib keladi. Bankdan olingan kredit qarzini o‘z vaqtida to‘lamagani uchun bank ham mijoz bilan tuzilgan shartnomani belgilangan vaqtdan ilgari bekor qilinishini so‘rashi mumkin.

Andijon viloyati Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan “Selxoz agro MTP” MCHJ hisobidan ATB Agrobank foydasiga muddati o‘tgan 1 milliard 267 million so‘m, muddati kelmagan 833 million 375 ming 332 so‘m kredit qarzdorligini undirish va undiruvni 7 ta kombaynlarga qaratish belgilangan. 

Mazkur ijro ishi Majburiy ijro byurosining Izboskan tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, qarzdor jamiyat vakillari ogohlantirilgan. Ijro harakatlari davomida qarzdor tashkilotga tegishli 7 ta kombayn xatlangach, qarzdor kreditni to‘laligicha bartaraf etgan. 

N.Elibekova, 

O‘zA