Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
7 ta hududda “Kasblar shaharchalari” tashkil etiladi
09:50 / 2026-02-17

16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, mahallani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ustuvor islohotlarning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Jumladan, mahallalarda 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini ishga tushirish orqali qo‘shimcha 100 mingta yangi ish o‘rnini yaratish, mahallalar infratuzilmasini takomillashtirishga 20 trln. so‘m mablag‘ yo‘naltirib, ularga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirish vazifalari belgilandi.

Shuningdek, 2026/2027 o‘quv yilidan 7 ta hududda ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarida “Kasblar shaharchalari”ni tashkil etib, ular orqali maktab o‘quvchilarini zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda stipendiya to‘lash amaliyotini yo‘lga qo‘yish,  hududlarda 24 ta malakani baholash markazlarini tashkil etib, mehnat bozorida tan olinadigan sertifikat berishni joriy etish kasblarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi.

M.Komilova, O‘zA