Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudining sudyasi A.Saydullayev boshchiligida Karmana tumani "Talqoq" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida o‘tkazilgan ochiq sayyor sud majlisida 7 nafar mahkum va mahkumalar sodir etgan jinoyatlarining mohiyatini tushunib, tuzalish yo‘liga kirib, o‘rnatilgan tartib-qoida talablarni bajarganligi bois jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.
Davlatimiz rahbarining «bir sud – bir instansiya» tamoyilining ilgari surilishi natijasida sudlarda apellyatsiya va kassatsiya tartibida ishlarni ko‘rish tubdan takomillashtirilishi nazarda tutilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, Senat tomonidan ma’qullandi.
Unga ko‘ra jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya tartibida shikoyat qilish huquqi 10 kundan 20 kungacha uzaytirilmoqda, ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rish faqatgina Oliy sudning sudlov hay’atlari tomonidan ko‘rilishi belgilanib, bu bilan muayyan ishlar bo‘yicha tez fursatlarda yakuniy to‘xtamga kelish bilan fuqarolarning sarsongarchilikni bartaraf etishi va fuqarolarga qulaylik yaratishiga olib kelinadi.
Xulosa qilib aytganda, sud-huquq tizimida kiritilayotgan o‘zgarishlar odil sudlovni oshirishda, jamiyatning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
A.Saydullayev,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat Karmana tuman sudi sudyasi