French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
7 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
11:33 / 2025-12-06

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 7 dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechqurun biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shimolda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi kutilmoqda. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi. 

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi kutilmoqda. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. 

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi. 

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi. 

Muhim hodisalar 

Joriy yilning 8-10 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. 

8-9 dekabr kunlari O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 8-10 dekabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan kuchayadi. 

9-10 dekabrda shimolda va cho‘l hududlarining ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-18 metrgacha, ba’zi joylarida sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. 

10 dekabrga kelib, markaziy hududlarda harorat asta-sekin kechasi 2-5 daraja sovuqqacha, kunduzi 3-6 daraja iliqqacha, shimolda kechasi 7-10 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-3 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda. 

6-9 dekabr kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. 

O‘zA