Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
690,4 mln. so‘mlik bojxona to‘lovlarini to‘lashdan qochishga urinish rejasi amalga oshmadi
18:21 / 2024-03-06

Bojxona xodimlari tomonidan tovarning noqonuniy kirib kelish yoxud bojxona organlariga olib o‘tilayotgan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bojxona to‘lovlarini to‘lashdan qochish maqsadida tovar nomi, miqdori, vazni va yuklar qiymati, tegishli tovar kodlari haqidagi ma’lumotlarni noto‘g‘ri deklaratsiyalash holatlari aniqlanmoqda.

“Yangiyo‘l” TIF bojxona post xodimlari tomonidan Zangiota tumanida joylashgan “O‘rtaovul temir yo‘l” stansiyasiga kirib kelgan temir yo‘l tarkibi “O‘rtaovul Log” bojxona omborida tovarlar ortilgan temir yo‘l vagoni bojxona nazoratidan o‘tkazildi. 

Natijada, yo‘l yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan kepak orasiga xufiyona yashirilgan 870 mln. so‘mlik, 58 tonna shakar borligi aniqlandi. Mazkur tovarlarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirish orqali davlat byudjetiga 690,4 mln. so‘mlik bojxona to‘lovlarini to‘lashdan qochishga urinish rejasi amalga oshmadi. 

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlar olib borilmoqda. 

Sh.Mamaturopova, O‘zA