Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joriy oʻquv yilida 6901 nafar maktab bitiruvchilari oltin va kumush medallarga loyiq topildi
11:40 / 2020-06-21

Joriy oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 11-sinfini 451 053 nafar oʻquvchi bitirib chiqqan boʻlsa, shulardan 6901 nafari oltin va kumush medallariga loyiq deb topilgan.


Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov 2019-2020 oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining bir guruh iqtidorli bitiruvchilarining uylariga borib, ularga aʼlo bilimi, namunali xulq-atvori va jamoatchilik ishlarida faolligi uchun oltin va kumush medallar topshirdi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Joriy oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 11-sinfini 451 053 nafar oʻquvchi bitirib chiqqan boʻlsa, shulardan 6901 nafari oltin va kumush medallariga loyiq deb topilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylar bitiruvchilarini ragʻbatlantirishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan bitiruvchilarga medallar taʼlim muassasalarida tantanali ravishda topshirilishi lozim edi. Biroq, joriy yilda mamlakatimizdagi karantin holatini inobatga olib, barcha hududlarda medallar bitiruvchilarga karantin qoidalariga rioya qilingan holda topshirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, mazkur ragʻbat 2019-yildan buyon oʻquvchilarning taʼlim va tarbiyaga boʻlgan ishtiyoqini oshirish va ular orasida sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish, iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, ularning sifatli taʼlim olishga boʻlgan qiziqishlarini yana-da oshirish maqsadida topshiriladi.