French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
6,3 milliard so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
13:08 / 2023-12-30

Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri hududida tamaki mahsulotlarining qonunga xilof aylanmasiga chek qo‘yishdi.

Tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan shaxsning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi o‘z xonadoni va ijaraga olingan xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida bu yerda xorijda ishlab chiqarilgan, muqaddam noqonuniy yo‘llar bilan respublikamizga olib kirilgan 6 nomdagi 421 ming 500 quti tamaki mahsulotlari saqlanayotgani aniqlandi.  

Aksiz markasi va raqamli markirovka kodlari bilan qadoqlanmagan mazkur sigaretlarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 6 milliard 329 million so‘mdan oshmoqda.  

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.  

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA