Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
625 nafar fuqaroning avtotransport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi
20:08 / 2025-10-23

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashi shartligi belgilangan. Lekin bugungi kunda o‘zlarining konstitutsiyaviy burchlarini bajarmay kelayotgan shaxslar ham uchramoqda.

Buni Qashqadaryo viloyati misolida ham ko‘rish mumkin. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda viloyatda soliq qarzi mavjud bo‘lgan 7 ming nafar fuqaroning 50 milliard so‘mlik qarzini undirish bo‘yicha viloyat soliq boshqarmasi va ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida ta’sirchan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

[gallery-25891]

Xususan, qarzdorlarning nomida bo‘lgan avtotransport vositalari viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda jarima maydonchalariga qo‘yilmoqda. 

– Olib borilgan tadbirlar davomida 625 nafar fuqaroning 5 milliard so‘mdan ortiq soliq qarzi sabab avtotransport vositalari vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchalariga kiritildi, – deydi viloyat soliq boshqarmasi axborot xizmati rahbari Firdavsiy Jabborov. – Natijada 498 nafar fuqaroning 3,5 milliard so‘mlik soliq qarzdorligi undirilishi ta’minlandi.

Ushbu yo‘nalishda tadbirlar davom etmoqda. 

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari