Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
600 nafarga yaqin aholi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
15:46 / 2019-10-29

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Ijtimoiy himoya va farovonlik uchun kurashimiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.


Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Ijtimoiy himoya va farovonlik uchun kurashimiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan sog‘lomlashtirish tadbiri doirasida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti, badantarbiya mashg‘uloti, piyoda yurish va tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Jumladan, erta tongdan tumandagi 12-umumta’lim maktabida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi. Unda aholi, ayniqsa yoshlarga sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, uning hayotimizda tutgan o‘rni haqida ma’lumot berildi. Salomatlik inson hayotida eng muhim masala ekani va bu partiyaning ustuvor vazifalaridan biri ekaniga alohida e’tibor qaratildi.

Shundan so‘ng maktabning sport maydonchasida 100 nafardan ziyod aholi ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Partiya saylovoldi targ‘ibot tadbiri doirasida 5 kilometrga faol yurish marafoni tashkil etildi. Marafon ishtirokchilari uchun “Salomatlik maydonchasi” va “Sog‘lom ovqatlanish yarmarkasi” tashkil etilib, ularga noinfeksion kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollikning ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

Tadbir doirasida shuningdek, 11-qishloq oilaviy poliklinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. 11 ta tor yo‘nalish bo‘yicha malakali shifokorlar, ko‘chma rentgen, oftolmologiya, UZI va boshqa boshqa tibbiy asbob-uskunalar jalb etilgan aksiyada 600 nafarga yaqin aholi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 50 nafarga yaqin aksiya ishtirokchilariga davolanish uchun hududiy va markaziy shifoxonalarga yo‘llanma berildi.

Shu bilan birga, aksiya ishtirokchilariga xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini saqlash bilan bog‘liq turli yuqumli kasalliklar profilaktikasi hamda ularni davolash xususida zarur ma’lumotlar berildi.

Velosayr va sport musobaqalari ham tashkil etilgan aksiya ommaviy saylga ulanib ketdi.