Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
60 yoshdan oshganlarga xavfli dorilar tarqatilayotgani mutlaqo yolg‘on va haqiqatga zid — SSV
21:39 / 2023-05-17

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Xitoydan katta miqdorda dori vositalari sotib olgani, tabletka ko‘rinishidagi ushbu preparatlar yurtimiz bo‘ylab 60 yoshdan oshgan aholi vakillariga berilishi, ammo ular inson organizmi uchun xavfli ekani haqida mutlaqo uydirma va haqiqatga zid xabarlar tarqalmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Avvalo, shu kunlarda mamlakatimizga Xitoy davlatidan katta miqdorda dori vositalari olib kelingani haqidagi xabarlar mutlaqo yolg‘on.

Qolavera, bundan 2 yil avval yurtimizda koronavirus pandemiyasi ayni avj olgan og‘ir va murakkab davrda ham internet tarmoqlarida COVID-19 infeksiyasiga qarshi ishlab chiqarilgan vaksinalar to‘g‘risida shu singari haqiqatga zid ma’lumotlar tarqatilgan edi.  

Biroq oradan vaqt o‘tib, ushbu xabarlar mutlaqo uydirma ekani ma’lum bo‘ldi. Aksincha, vaksinalar aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy immunitetni shakllantirish, kasallikning oldini olish hamda pandemiyani to‘xtatishda muhim vosita bo‘lib xizmat qildi.

Shu ma’noda aytsak, odamlar orasida turli vahima va xavotir uyg‘otish maqsadida tarqatilayotgan bu galgi xabarlar ham bo‘xton va safsatadan boshqa narsa emas,  deyiladi vazirlik rasmiy munosabatida.  

O‘zA