FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida ilk bor 6 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun 8-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Ertaga esa so‘nggi 9-tur o‘ynaladi. 80 nafardan ortiq o‘g‘il-qiz ishtirok etayotgan mamlakat chempionatida qizlar o‘rtasida Jamilaxon Isomiddinova 7,5 ochko to‘plab, yagona peshqadam bo‘lib turibdi. Darina Larina va Mo‘minabegim Anvarjonova 6 ochko bilan keyingi o‘rinlarni band qilgan. O‘g‘il bolalar bahsida Imronbek Akromov 8 imkoniyatdan 7 ochko to‘play oldi. Muhammadali Komiljonov, Muhammadyusuf Xojinig‘monov, Usmonxon Bahodirov hisobida esa 6,5 tadan ochko bor.
[gallery-27294]
27 va 28 yanvar kunlari rapid hamda blits yo‘nalishlarida ham bellashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA