FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida ilk bor 6 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida mamlakatimizda shaxmatga bo‘lgan e’tibor yoshlarimizning xalqaro arenalarda yuksak marralarni zabt etayotgani haqida so‘z bordi. Maktablarimizda shaxmat darsi joriy etilgani, uning ommalashuvi, bolalarda ushbu o‘yinga qiziqish tobora ortayotgani, shaxmat tufayli mamlakatimiz obro‘ e’tibori yuksalayotgani so‘z olgan federatsiya rahbariyati hamda ota-onalar nutqida ham ta’kidlab o‘tildi.
[gallery-27212]
Bugunning o‘zidayoq yosh shaxmatchilar 2 ta turda mahoratini namoyon qildi. Chempionat bahslarida 80 nafardan oshiq o‘g‘il-qiz ishtirok etayotgani ularning bu sohaga qiziqishi jiddiy ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Chempionat ishtirokchilari 9 ta tur o‘tkazadi. Undan so‘ng, rapid hamda blits yo‘nalishlarida ham bellashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Muhammad AMIN, O‘zA