6 ta AYOQSHda sifatsiz neft mahsulotlari aniqlandi – “O‘zenergoinspeksiya”
Joriy yilning 27 yanvar kuni “O‘zenergoinspeksiya”ning Toshkent markaziy nazorat-kimyo laboratoriyasi tomonidan respublika hududlarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 46 ta avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchasidan 78 ta neft mahsuloti namunalari olindi.
Olib borilgan laboratoriya tahlillari natijasida 6 ta AYOQSHda jami 100 214 litr hajmdagi neft mahsulotlari davlat standartlari talablariga javob bermasligi, ya’ni sifatsiz ekani aniqlandi.
Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQSHlarga aniqlangan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik hamda ularning sifatini qayta tiklash bo‘yicha belgilangan tartibda ko‘rsatmalar berildi.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA