Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
6 oyda 68 ta yangi maktab barpo etilgan
12:23 / 2025-08-26

Shu kunlarda yurtimizda yangi o‘quv yiliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Umumta’lim maktablari, akademik litsey va oliy o‘quv yurtlarida yangi o‘quv yilini muvaffaqiyatli boshlash, o‘quvchi va talabalar uchun qulay shart-sharoitlarni muhayyo qilish, o‘quv-qo‘llanmalar, dasrliklar bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga, ta’lim maskanlarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, yangi binolarni barpo etish masalalari ham doimiy e’tiborda bo‘ldi. Quvonarlisi, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda 68 ta yangi maktablar ishga tushirilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Yangi maktablarning 34 tasi qishloq joylariga to‘g‘ri keladi.  

Hududlar bo‘yicha yangi maktablar soni Andijon viloyatiga 35 ta, Buxoro viloyatiga 19 ta, Xorazm viloyatiga 7 ta, Namangan viloyatiga 6 ta hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 1 ta to‘g‘ri kelmoqda.  

Mazkur ta’lim maskanlari yangi o‘quv yilida o‘quvchilarning bilim va salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, bugun mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalari yangi o‘quv yilini yangicha ruh va katta shijoat bilan boshlashga shay holatga keltirilgan.  

M.Komilova,

O‘zA