6 noyabrdan boshlab Toshkent shahrida isitish mavsumi boshlanadi
Poytaxtimizda 6 noyabrdan boshlab ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p xonadonli turar joy binolarini issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.
Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, 3 noyabrdan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.
6 noyabrdan boshlab ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p xonadonli turar joy binolarini issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.
M.Komilova, O‘zA