English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
6 million 500 ming so‘mdan ziyod pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
12:16 / 2020-11-28

Har yili qish fasli yaqinlashishi bilan ayrim “tadbirkor”lar tomonidan qonuniy chora belgilanishini bilishsa-da, pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi avjiga chiqadi.

Navoiy viloyati DXX, IIB, Milliy gvardiya hamda Bojxona boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.

Jumladan, tezkor reyd davomida Karmana tumani hududida kuzatuvga olingan fuqaro B.M. umumiy qiymati 2 million 500 ming so‘m bo‘lgan 10 blok - har bir blokda 10 qutidan, jami 100 qutida 6000 dona “Treniya” yozuvli pirotexnika vositalarini o‘zaro kelishib sotmoqchi bo‘lgan vaqtda xolislar ishtirokida ushlandi.

Navoiy shahrida 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro D.B. tomonidan jami 5 blokda 3000 dona, shundan 600 dona “Treniya” va 2400 dona “Britanik” yozuvli pirotexnika vositalarini 900 ming so‘mga sotish maqsadida o‘zida saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro S.A. 42 quti hamda 2 o‘ramlik lentalarda jami 1863 dona “Britanik”, “Chorniy diavol” va “Fire crakers” nomli pirotexnika vositalarini 3 291 000 so‘mga shartli xaridorga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Abduvali BO‘RIEV, O‘zA