Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
6 milliard so‘m naqd pul shaklida undirildi
14:39 / 2025-10-03

MIB Qiziriq tumani bo‘limi davlat ijrochilari ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan uch nafar “uddaburon” tadbirkordan olti milliard so‘m mablag‘ni to‘liq undirdi.

MIB Surxondaryo viloyat boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Qiziriq tumanida yashaydigan T.Sobirjonov‚ M.Halimov va D.Tolibov (ism-shariflar o‘zgartirilgan)larga davlat dasturi doirasida intensiv uzumzor va yilqichilik kompleksini tashkil etish uchun imtiyozli kredit mablag‘i ajratilgan. Biroq ular o‘zlari taqdim etgan loyihani amalga oshirish o‘rniga olingan yirik miqdordagi kredit mablag‘ini boshqa maqsadlarga sarflab yuborgan.  

Bu holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudida ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilingan. Sudning ijro hujjatiga muvofiq MIB tuman bo‘limi davlat ijrochilari majburiy ijro harakatlarini olib borib, qarzdorlardan olti milliard so‘m miqdoridagi jinoiy zararni to‘liq naqd pul shaklida undirdi. Shundan so‘ng imtiyozli kredit mablag‘ini talon-taroj qilgan qarzdorlarga va ularning mol-mulklariga nisbatan qo‘yilgan barcha taqiq hamda cheklovlar bekor qilinib, ijro ishi yakunlandi.

Nilufar Bozorova,  

O‘zA