Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
55 metrlik shokoladli poyezd Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi
17:11 / 2026-02-26

Maltalik mashhur shokoladchi Endryu Farrujiya uzunligi 55,27 metrli shokolad-poyezd haykalini yaratib, “Guinness World Records” ro‘yxatiga kiritildi.

Belgiya mahsulotidan tayyorlangan ushbu noyob asar Olimpiya o‘lchamidagi suzish havzasidan ham uzunroq. Lokomotiv va 22 vagondan iborat mazkur kompozitsiyaning har bir qismi taxminan 160 kilogramm. Loyihaga tayyorgarlik jarayoni bir yil davom etgan, haykalni yaratish esa to‘rt oyga cho‘zilgan bu jarayonda Malta va Italiya oshpazlik maktabi talabalari ham ishtirok etgan. Jami 5 000 ga yaqin mayda unsur to‘liq qo‘l mehnati mahsuli. Eng murakkab bosqich ulkan eksponatni shikast yetkazmay Milan shahriga yetkazish bo‘ldi. Farrujiya avval ham bir necha bor shokolad yordamida rekord o‘rnatgan. Jumladan, 2012-yil Bryusselda 34 metrlik poyezd, 2014-yil esa Dubay shahridagi “Burj Khalifa” binosining 13,5 metrlik nusxasini yaratgan. Afsuski, uzoq vaqt ochiq havoda namoyish qilingani bois, "san’at asari" maqomidagi bu shirinliklarni iste’mol qilib bo‘lmaydi.

F. Yaxshiboyeva, O‘zA