Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
55 kg giyohvandlik vositalari va sun’iy narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
14:41 / 2023-08-22

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Oybek” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda aniqlangan navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holatida giyohvandlik vositalarini respublikamizga g‘ayrioddiy usulda olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi.

Bojxona ko‘rigi davomida yengil avtotransport vositasining gaz balloni ichiga turli shakldagi 49 dona va benzin baki ichiga 31 dona polietilen o‘ramlar mohirlik bilan yashirilgani aniqlandi. O‘ramlar chiqarib olindi.    

O‘ramlar ochib ko‘rilganda esa, ularning ichidagi modda Markaziy bojxona laboratoriyasida o‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga binoan, 52 kg. 877 gr. og‘irlikdagi “gashish” hamda 2 kg.dan ziyod  “geroin” giyohvandlik vositasi,  1 dona yelim idish ichidagi modda esa 950 gr. sintetik giyohvandlik vositasi ekani aniqlandi.    

Eslatib o‘tamiz, respublikamiz bojxonachilari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida aniqlangan 329 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida 298 kg. og‘irlikdagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.    

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.    

Sh.Mamaturopova, O‘zA