Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
54,1 milliard so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘rincha ishlatilgan
16:39 / 2024-07-22

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Ularda aniqlanishicha, joriy yilning o‘tgan davrida fermer xo‘jaliklari tomonidan suv nasoslaridan foydalanish bo‘yicha 675 ta holatda 54,1 milliard so‘mlik (361,2 mln. kVt-soat) elektr energiyasi o‘g‘rincha ishlatilgan.  

Xususan, Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari quvvati 55 kVt bo‘lgan suv nasosini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan yashirincha ulab, 3,9 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.  

Shu kabi Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi “M.B.”, “L.M.” hamda “U.S.” fermer xo‘jaliklari tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘llar bilan tarmoqqa ulab, 745,3 million so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy ishlatgan, deyiladi “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati xabarida.  

N.Ziyodullayeva tayyorladi,  

O‘zA