54 ta maktab kompyuter oldi
Buxoro viloyatdagi 54 ta umumta’lim maktabiga Xitoy granti asosida yetkazib berilgan zamonaviy kompyuter va texnik vositalar o‘rnatilmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi hamkorligida joriy o‘quv yilida Buxoro viloyatidagi 54 ta umumta’lim maktabiga ham zamonaviy kompyuterlar, videoproyektor, konditsioner, printer va texnik vositalar yetkazilib berilgan edi.

Ayni paytda ushbu texnik jihozlarni to‘la o‘rnatib, foydalanishga topshirish ishlari olib borilmoqda.

Endilikda o‘quvchi-yoshlarning IT texnologiyalari yordamida zamonaviy ilmlarni egallash, “Coursera” platformasining bepul va professional kurslari hamda Milliy ta’lim resurslari va kontentlaridan foydalanish imkoniyatlari yanada kengayadi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri