Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
54 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi
18:19 / 2023-06-08

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 54 nafar xotin-qizga zamonaviy tikuv mashinalari berildi.

Koson tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi ishchi guruhi, viloyat va tuman prokuraturasi vakillari, tuman hokimligi, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi hamda hokim yordamchilari ishtirokida tadbir tashkil qilindi.  

Tadbirda hokim yordamchilarining tavsiyanomalariga asosan kelgusida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida bo‘lgan  54 nafar xotin-qizlarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshida tashkil qilingan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.

Endilikda ushbu xotin-qizlar uyida o‘tirgan holda tikuvchilik qilib, o‘z-o‘zini band qiladi, ro‘zg‘origa daromad keltiradi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA.