54 nafar xotin-qizga tikuv mashinasi berildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan fuqarolarning doimiy daromad manbaini yaratish, ularni band qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilda mahallalardagi hokim yordamchilarining tavsiyasi bilan ularning 408 nafariga subsidiya ajratish belgilangan.
bugungi tadbirda 54 nafar xotin-qizga tikuv mashinalari tarqatildi.
Tadbirda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, hokim yordamchilari ishtirok etdi.
[gallery-9304]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA