French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
5,3 trln. so‘mlik 13 mingdan ortiq ijro ishlari tamomlandi
09:36 / 2023-02-01

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tgan davrda tijorat banklari balansiga olingan mol-mulelarning belgilangan tartibda sotilishi va boshqa manbalar hisobiga muammoli qarzdorliklarni undirish, kredit qarzdorligiga oid ijro hujjatlari bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi  hamda tuman bo‘limlari ish yurituvida bo‘lgan tijorat bank foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha o‘tgan yil davomida jami 6 trln. 248,4 mlrd. so‘mlik 20 739 ta ijro hujjatidan, 5 trln.  388 mlrd. so‘mlik 13 305 tasi tamomlangan.

Banklar foydasiga 2 trln. 163 mlrd. so‘mlik 4 880 ta ijro hujjati amalda tamomlangan.   Shuningdek, undiruvlar  tahliliga ko‘ra, TIF "Milliybank" foydasiga amalda 35,7 mlrd. so‘mlik 118 ta, "O‘zsanoatqurilishbank" ATB foydasiga 173,5 mlrd. so‘mlik 254 ta, "Xalq banki" AT foydasiga 47,5 mlrd. so‘mlik 209 ta, “Mikrokreditbank" ATB foydasiga 16  mlrd. so‘mlik 95 ta, "Asaka bank" ATB foydasiga  164,6 mlrd. so‘mlik 139 ta  ijro amalda tamomlangan.  

Byuroning poytaxt boshqarmasi ish yurituvidagi 860 mlrd. so‘mlik 7 400 dan ortiq undiruv bo‘yicha  ijro  hujjatlari orqali 299 ta 501,3 mlrd. so‘mlik mol-mulk xatlanib, ularni undiruvga qaratish choralari ko‘rilmoqda.  

Bundan tashqari, “MIB Portal” elektron dasturi orqali qarzdorlarga tegishli 88 ta 41,8 mlrd. so‘mlik turli rusumdagi avtotransport vositalari hamda 130 ta 418,6 mlrd. so‘mlik ko‘chmas mol-mulklarga nisbatan elektron tarzda band solingan.

Undiruv  harakatlari davom etmoqda.

 

O‘zA