53- sonli «Qo‘ng‘irot-Toshkent» poyezdi harakat jadvalida o‘zgarish bo‘ladi
Respublikamiz elektr energiya tarmog‘ida kuzatilgan uzilishlar natijasida ayrim yo‘lovchi poyezdlar harakat jadvalida o‘zgarishlar bo‘lmoqda.
Jumladan, 25.01. 2022 yil soat 11:54 da «Qo‘ng‘irot-Toshkent» yo‘nalishida harakatini boshlagan 53-sonli yo‘lovchi poyezdi harakat jadvalidan 1 soat kechikib manziliga yetib borishi kuzatilmoqda.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbariyati noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ