Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
52 nafar chet eldagidagi elchi va maslahatchilarimiz Qashqadaryoda
13:12 / 2021-01-10

Bugun Qashqadaryo viloyatiga bir guruh O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari vakillari tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida ishtirokchilarga viloyatning investitsiya, turistik salohiyati to‘laligicha tanishtirildi. Yirik tadbirkorlik sub’ektlari hamda ziyorat turizmi maskanlariga safar uyushtirildi. Mazkur tashriflardan ko‘zlangan asosiy maqsad viloyatning iqtisodiy va eksport salohiyatini kuchaytirish. Istiqbolli loyihalarni amaliyotga tadbiq etish.  

Diplomatik korpul vakillarining dastlabki manzili Qarshi shahridagi joylashgan “SULTON TEX GROUP” xususiy korxonasiga qarashli tikuv fabrikasi bo‘ldi. Ishtirokchilar korxonada yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishdi. Korxona vakillari ular bilan o‘zaro hamkorlik qilish xususida muzokaralar olib bordi.  

- O‘zbekistonning chet eldagi elchilari qatori men ham Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurib, viloyatning investitsion va eksport salohiyatini o‘rganish hamda yangi-yangi buyurtmalarni hosil qilish uchun yetib keldik, - O‘zbekistonning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchi Bahrom Ashrafxonov. — Mazkur tekstel korxonasining ishlab chiqarish jaryoni bilan tanishdik. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Sifati judayam yuqori. Korxonada asosan bolalar, ayollar va sport kiyimlari tikilayotgan ekan. Albatta kelajakda ushbu mahsulotlarning Ozarbayjon Respubliksiga ham eksportini yo‘lga  qo‘yishga, u yerdagi yirik-yirik ishbilarmonlar bilan korxonaning o‘zaro hamkorligini mustakamlashga harakat qilamiz. O‘shalar bilan birgalashib, ushbu mahsulotlarga xaridorlarni topamiz. O‘ylaymanki, bu mahsulotlar Ozarbayjonda katta qiziqish uyg‘otadi.  

- Elchilarimizning korxonamizga tashrifidan juda mamnun bo‘ldik, - deydi korxonaning import-eksport rahbari G‘iyos Ro‘ziyev. - Ular bilan suhbatda bo‘ldik, o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishtirdik. O‘zimizda chiqarilayotgan mahsulotlarni ko‘rsatdik. Sifat darajamizga baho berishdi. bugungi tadbirimizdan korxonamiz uchun juda samarali bo‘ladi. Elchilarimizga mahsulotlarimizdan namunalar berdik, o‘zlari elchilik qiladigan davlatlarga borib, mahsulotlarimizni ko‘rsatib, eksport salohiyatimizni oshirishga keng ko‘lamli yordam beradi degan umiddamiz.  

Ishtirokchilar Qarshi shahrida faoliyat boshlagan Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasida ham bo‘lishib, klinikada tadbirkorlarga iqtisodiy-moliyaviy va yuridik maslahatlar berish, informatsion xizmatlar ko‘rsatish uchun yaratilgan shroitlar, Qashqadaryodagi yirik korxonalar va tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning doimiy ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdi.

[gallery-732]

- Yurtboshimizning topshiriqlari bilan hozir chet eldagi elchixonalarimizning rahbarlari, savdo-iqtisodiy maslahatchilari Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurishdi, - deydi  O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi savdo-iqtisodiy maslahatchisi Nodir Nurmatov. 

- Bu yerga Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida tashrif buyurdik. Masalan, “SULTON TEX GROUP” korxonasining imkoniyatlari bilan tanishdik. Haqiqatdan korxona juda zamonaviy eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarmoqda. Albatta o‘z navbatida biz, O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi vakillari O‘zbekistondagi mahsulotlarning Xitoy bozoriga yanada ko‘proq kirishiga, targ‘ib qilishga harakat qilamiz. Bundan tashqari korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasiga ham tashrif buyurdik. Bu yerda juda ko‘p tadbirkorlar bilan, hokimiyat vakillari bilan uchrashib, yangi loyihalar, investitsion loyihalar, ijtimoiy loyihalar qanday qilib amalga oshirilishi, qanday qilib yangi investorlar jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishdik. O‘ylaymizki, yaqin orada shu kelishuvlarni amalga oshirib, viloyatda eksport potensialini yanada oshirishga o‘z hissamizni qo‘shamiz.  

- Bugun xorijiy davlatlardagi diplomatik konsullik vakillari bilan birgalikda uchshauvlarimiz samarali bo‘lib o‘tdi, - deymdi G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov. - Haqiqatdan ham har bir investitsiyani kiritish, tadbirkorlikni rivojlantirish xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni talab qiladi.

Tumanimizni rivojlantirish uchun juda katta katta loyihalarimiz bor. Amalga oshirish mumkin bo‘lgan resurs imkoniyatlarimiz bor. Resurslardan samarali foydalanishimiz kerak. Mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun qanaqa imkoniyatlarimiz borligini o‘rgandek. Har bir imkoniyatlarimiz, resurslarimizni alohida formatga tushirib, bugun elchilarimizni taklif qildik. Elchilarimiz bilan uchrashuvda, masalan, Germaniyadagi elchimiz bilan chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirdik. Ozarbayjon elchisi bilan sutni qayta ishlash hamda farmatsivtika bo‘yicha loyihalarimizni amalga oshirdik. Shuningdek, Buyuk Britaniya elchisi bilan uchrashuvimiz davomida logistika markazi qurish bo‘yicha kelishuvlarga erishdek. Ochig‘ini aytish kerak bugungi uchrashuv biz uchun katta imkoniyat bo‘ldi. Har bir elchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish uchun kontaktlarini ham  oldik va kelajakda tumanimizda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda ular bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatamiz.  

Tadbirlar davomida elchi va maslahatchilar Qarshi shahridagi IT-texnoparkda bo‘lib, yoshlar bilan suhbat qurishdi. Shuningdek, “Taraqqiyot sari Servis” MJCHda bo‘lib, u yerda viloyatdagi eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, tadbirkorlar bilan xalqaro hamkorlik qilish bo‘yicha muloqot qilindi.

Elchi va maslahatchilarga viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ham hamrohlik qildi.  

O‘.BAROTOV, J.NORQOBILOV (surat), O‘zA