French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
500 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
14:14 / 2025-08-27

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida yangi zamonaviy turdagi Davlat-xususiy sheriklik loyihalari asosida 500 o‘rinli talabalar turar joyining foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda mazkur oliy o‘quv yurti jamoasi, nuroniylar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi M. Atamuratov,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri A. Ayapov, universitet rektori, akademik A.Reymov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi bayrami hamda yangi talabalar turar joylarining foydalanishga topshirilishi bilan muborakbod etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida barcha sohalar qatori oliy ta’lim sohasiga ham alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlarni oliy ta’limga qamrab olish, ular uchun barcha qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha ishlar yangi bosqichga olib chiqilmoqda.

 

Foydalanishga topshirilgan talabalar uyining qurilish ishlariga 27,804 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, “Argoniya” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tajribali quruvchilari tomonidan qisqa muddatda sifatli bitkazildi.  

Tadbir davomida mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori M.Xodjaniyazov tomonidan yangi qurilgan talabalar turar joyining kaliti Qoraqalpoq davlat universiteti rektoriga tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar talabalar turar joyining sharoitlari bilan tanishib, talaba-yoshlar bilan suhbatlashishdi.  

Bugungi kunda Qoraqalpoq davlat universitetida 2 ming 709 o‘ringa mo‘ljallangan 10 ta talabalar turar joyi mavjud. Joriy yilning oktyabr oyida davlat-xususiy sheriklik asosida yana 400 o‘ringa mo‘ljallangan bitta talabalar turar joyi binosi foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bu o‘z navbatida talabalarni yotoqxona bilan qamrab olish darajasini 50 foizgacha oshiradi.  

[gallery-24975]

Talabalar turar joyida yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, dam olishi, qo‘shimcha to‘garaklarga qatnashishi, bilim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni talabalarimiz o‘rtasida ommalashtirish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter xonalari, axborot resurs markazi, san’atga qiziquvchi yoshlar uchun barcha qulayliklarga ega to‘garaklar mavjud. Shu bilan birga, ovqatlanish, yuvinish, internet tarmog‘idan foydalanish, gazeta-jurnallar o‘qish, televizor tomosha qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Shuningdek, yotoqxona talabalar uchun mebel jihozlari, zamonaviy elektr pechlari, muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, mikroto‘lqinli pechlar, suv isitish uskunalari kabi maishiy texnikalar bilan ta’minlangan.

Dovud Abibullayev,  Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA