Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
500 nafardan ortiq bola tugʻma yurak nuqsonidan forigʻ boʻldi
18:49 / 2020-06-23

Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi koronavirus pandemiyasi davridagi vaqtincha tanaffusdan soʻng yana oʻz faoliyatini boshladi.

Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi koronavirus pandemiyasi davridagi vaqtincha tanaffusdan soʻng yana oʻz faoliyatini boshladi.

– Markazimiz nafaqat Samarqand balki Respublikamizning boshqa hududlaridan, jumladan, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy viloyatlaridan keladigan bemor bolalarga ham tibbiy xizmat koʻrsatadi, – deydi Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Mamatqul Azizov.

photo_2020-06-23_19-27-55.jpg

– 16-martdan yurtimizda karantin eʼlon qilingach bemor farzandini davolatish niyatidagi ota-onalar biroz qiyin ahvolga tushib qoldi. Yaqinda markazimiz yana faoliyatini boshladi va bemorlarni qabul qilyapmiz. Xususan, bundan ikki yil oldin tashkil etilgan bolalar kardioxirurgiya boʻlimida tugʻma yurak nuqsoni bilan tugʻilgan bolalarda murakkab jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli bajarilmoqda.

Taʼkidlash lozimki, markazning mazkur boʻlimida Moskvadagi A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir xirurgiyasi va boshqa xorijiy nufuzli muassasalarda faoliyat koʻrsatgan, malaka oshirib kelgan xodimlar ish olib bormoqda.

photo_2020-06-23_19-27-49.jpg

Boʻlimning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, murakkab jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻn turga yaqin zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar berildi.

Samarqand viloyat hokimligi esa 1 milliard 900 million soʻm mablagʻ ajratib, sunʼiy qon aylantirish apparati keltirdi.

photo_2020-06-23_19-28-02.jpg

Bunday imkoniyatlar tufayli shu paytgacha faqat xorijda bajarilgan bolalar tugʻma yurak nuqsoni bilan bogʻliq operatsiyalar hozirda shu yerning oʻzida amalga oshirilmoqda. Boʻlim tashkil etilganidan buyon 500 dan ortiq bemor bolada ana shunday jarrohlik amaliyoti qoʻllanilib, ular darddan forigʻ boʻldi. Bu bolajonlarning 40 foizdan ortigʻi 1 yoshgacha boʻlgan goʻdaklardir.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, dunyo boʻyicha har bir ming chaqaloqning 6-7 nafarida tugʻma yurak nuqsoni qayd etiladi. Ayni paytda Samarqandda 3500 nafar bolada shunday xastalik mavjud va ularni jarrohlik yoʻli bilan davolab, toʻlaqonli hayotga qaytarish mumkin, deydi markaz mutaxassislari.

photo_2020-06-23_19-27-41.jpg