Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
500 mingta niqob, 70 million soʻmlik oziq-ovqat va 8 mingta antiseptik gel aholiga bepul tarqatildi
16:00 / 2020-03-24

Maʼlumki, Oʻzbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida turli chora-tadbirlar olib borilmoqda.


Maʼlumki, Oʻzbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida turli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Shu muddat oraligʻida tibbiy niqoblar va antiseptik gellarga nisbatan talab oshib, ularni barcha dorixonalardan topish imkoniyati kamaydi.


Bu vaziyatda “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi ham aholiga yaqindan koʻmak berish maqsadida yangi loyihalarni ishlab chiqmoqda. Xususan, jamgʻarma tomonidan “Virusni birgalikda yengamiz” xayriya aksiyasiga start berdi.

Aksiyada jamgʻarmadan imtiyozli ravishda kredit olgan 500 ga yaqin yosh tadbirkor ishtirok etdi. Hozirgi kunga qadar 500 mingta niqob, 70 million soʻmga yaqin oziq-ovqat, 8 mingta antiseptik gel va mingdan oshiq nam salfetkalar aholiga bepul tarqatildi.

Jamgʻarma kelgusida aksiyasi doirasida yana 500 mingga yaqin niqob, 100 million soʻmlik oziq-ovqat mahsuloti va 10 mingta antiseptik gelni aholiga bepul tarqatishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.