French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
500 ga yaqin koʻp qavatli uylar dezinfeksiya qilindi
13:33 / 2020-03-25

Andijon viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi davlat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash, aholi salomatligini muhofaza qilish boʻyicha targʻibot tadbirlarini oʻtkazilmoqda.

Andijon viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi davlat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash, aholi salomatligini muhofaza qilish boʻyicha targʻibot tadbirlarini oʻtkazilmoqda.

– Ayni kunda viloyatda 1 ming 600 dan ziyod koʻp qavatli uy mavjud, – deydi Andijon viloyati Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi Mashʼalbek Tojiboyev. – Yurtimizda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatdan kelib chiqib, tizimda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar koronavirus infeksiyasining kirib kelishi, tarqalishi hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarning oldini olish boʻyicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda koʻp qavatli uylar aholisi oʻrtasida tushuntirish-targʻibot ishlarini olib bormoqda, Ayniqsa, aholining sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etilishini toʻgʻri tashkil etish, koronavirus yuqishining oldini olish mazmunidagi bukletlar har bir xonadonga bepul taqdim etilmoqda.

Bundan tashqari, bugungi kunga qadar viloyatdagi 500 ga yaqin koʻp qavatli uylarning ichki, tashqi tomonlari hamda yertoʻlalari shahar va tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari xodimlari tomonidan dezinfeksiya qilindi.

Koʻp qavatli uylar aholisiga zinapoyalar, liftlar, uylar oldidagi bolalar maydonchalarida sanitariya va epidemiologiya talablariga rioya etishlishi boʻyicha zarur tavsiya va maslahatlar berilmoqda. Fuqarolarga shaxsiy gigigena talablariga rioya qilishlari, jamoat joylarida himoya niqobini taqib yurishlari lozimligi tushuntirilmoqda.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, aholi salomatligi va xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan bu kabi ishlar izchil davom ettirilmoqda.