French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
5 tashabbus amalda: Forishdagi IT markazlari
10:47 / 2022-09-25

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusda yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga urg‘u berilgan edi.

Ana shu tashabbuslarni hayotga keng tatbiq etish maqsadida Jizzax viloyatining Forish tumanida ham namunali ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu tashabbuslarning uchinchisi – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga e’tibor qaratilib, ikki yil muqaddam Forish tumanida eng zamonaviy infratuzilma bilan jihozlangan yangi IT markazi ishga tushirilgan edi. Bu yerda qator davlat xizmatlari hamda o‘qituvchi murabbiylarning axborot texnologiyalari bo‘yicha malakasini oshirish imkoniyati ham yaratildi.

IT markazda “Bir million dasturchi”, “Kompyuter savodxonligi”, “Dasturlash”, “Grafika dizayn”, “IT ingliz tili” kabi qator yo‘nalishlarda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Hozir 65 nafar tinglovchi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z bilim va tajribalarini oshirmoqda.

– Markazda o‘tgan yili 711 nafar yosh o‘quv kursini bitirib chiqqan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan 2 choragi mobaynida 250 nafar tinglovchi axborot texnologiyalari sohasida bilimlarini oshirishga muyassar bo‘ldi, – deydi Forish tuman IT markazi boshqaruvchisi Sherzod Darxonov. – Markaz o‘quv kurslariga qabulda yosh doirasi chegaralanmagan. Har bir qiziquvchi bemalol kelib, o‘z bilimini oshirishi mumkin. Buning uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Markaz zamonaviy kompyuter jihozlari, yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlangan. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning uchunchi yo‘nalishi doirasida 540 nafar yosh o‘qishga jalb etiladi. Tumanda IT sohasi bo‘yicha ishlar ko‘lami keng. Jumladan, sohani rivojlantirish maqsadida hozirga qadar barcha muassasalar, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, hamkorligida yoshlarni dasturlash va IT sohada startap loyihalarga keng jalb qilish hamda qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishni ta’minlash maqsadida 27 ta ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Qator ko‘rgazmalar tashkil etilib, faol va iqtidorli yoshlar rag‘batlantirib borilishi yo‘lga qo‘yildi.

 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA