5 oktyabr — BMT tomonidan Xalqaro o‘qituvchilar kuni sifatida belgilangan. Ushbu sana munosabati bilan bugungi lavhamizda bu sharafli kasbning vujudga kelish tarixi, uning rivojiga hissa qo‘shgan pedagoglar haqida hikoya qilamiz.
O‘qituvchilar birinchi sivilizatsiyalashgan davlatlar — Mesopotamiya, Misr, Qadimgi Afina, Xitoy va Hindistonda paydo bo‘lgan. Mesopotamiyada o‘qituvchilar bolalarga qadimgi Yunonistondagi kabi maxsus tayoqchalar yordamida loy lavhalarga yozishni o‘rgatishgan. Faqat Gretsiyada mum bilan qoplangan yog‘och taxta ishlatilgan.
Hindistonda o‘qituvchi rolini brahmanlar bajargan. Misrda o‘qituvchilar ishi birmuncha qiyinroq bo‘lgan. Boisi, Misr tilidagi 6000 dan ortiq iyerogliflarni eslab qolish oson emas. O‘sha davrda itoatsiz talabalarni jismoniy jazolash odatiy hol edi.
O‘rta asrlarda maktablarning roli sezilarli darajada pasayadi va ta’lim diniy xususiyatga ega bo‘ladi. Yangi davrda qizlar va o‘g‘il bolalar uchun alohida maktablar ochiladi.
Xotin-qizlarga o‘quv yurtlarida yozish, o‘qish, odob-axloq, raqsga tushish va uy-ro‘zg‘or ishlarini o‘rgatishgan. Shuningdek, she’r yozish va hikoyalar yozishni mashq qilishgan. Yigitlarga harbiy ishlar, yozish, o‘qish, sanash o‘rgatilgan.
XIX–XX asrlarda sanoatlashtirish bilan bog‘liq holda hamma joyda, jumladan, qishloqlarda ham maktablar ochila boshladi. Aynan shu davrda pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ortdi – o‘qituvchilar soni ko‘paydi, ularga pedagogik faoliyat va fanlar o‘rgatiladigan maxsus muassasalar ochildi.
Qadimgi Yunonistonda o‘qituvchilarga katta hurmat bilan munosabatda bo‘lishgan, ular mehnatlari uchun davlat mablag‘lari hisobidan haq olishgan. Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari ko‘pincha palestralarda dars bergan.
Uyg‘onish davridan boshlab barkamol shaxsni tarbiyalash masalasi muhim o‘ringa chiqadi. Shvetsiyalik ijtimoiy faol Ellen Kay (1849–1926) ta’lim jarayoni bolaga maksimal erkinlik berishi kerak, deb hisoblardi. Shundagina o‘z g‘oyalari va maqsadlari uchun kurasha oladigan inson voyaga yetadi.
Har yili 5 oktyabrda butun dunyo bo‘ylab Butunjahon o‘qituvchilar kuni nishonlanadi. U 1966 yilda YUNESKOning «O‘qituvchilarning maqomi to‘g‘risida»gi tavsiyanomasi qabul qilinganligining bir yilligi munosabati bilan o‘qituvchilarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, ularni dastlabki tayyorlash va keyingi ta’lim, ishga yollash, ishga joylashtirish, o‘qitish va o‘qitish shartlariga oid mezonlarni belgilab beradi.
Oliy ta’limdagi pedagog kadrlarning maqomi to‘g‘risidagi tavsiya 1997 yilda 1966 yilgi tavsiyani oliy ta’limdagi o‘qituvchilarni qamrab olish orqali to‘ldirish maqsadida qabul qilingan. Butunjahon o‘qituvchilar kuni 1994 yildan beri nishonlanib kelinmoqda.
Bu o‘qituvchilar ta’limni qanday o‘zgartirayotganini nishonlash kuni, shuningdek, o‘z iste’dodi va kasbini to‘liq ishga solish va butun dunyo bo‘ylab kasb yo‘lini qayta ko‘rib chiqish uchun ularga kerak bo‘lgan yordam haqida fikr yuritish kunidir.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/rRCQ9nhnmNo" title="5 oktyabr — Butunjahon o`qituvchilar kuni" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA