Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
5 nafar bokschimiz jahon chempionati finaliga yo‘l oldi
12:12 / 2025-09-13

Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar vakili final bosqichiga chiqdi.

Jumladan, ayollar o‘rtasidagi -65 kg. vazn toifasida Navbahor Hamidova yarim final bosqichida Chen Niyen-Chin mag‘lubiyatga uchratidi va so‘nggi final bosqichiga chiqdi. Erkaklar orasida Olimpiya o‘yinlari g‘olibi  Abdumalik Xalakov  -60 kg. vazn toifsida yaponiyalik Shunsuke Kitamotoni taslim etgan holda chempionatning oltin medali uchun kurashni davom ettirish huquqini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Fazliddin Erkinboyev, To‘rabek Habibullayev va Jahongir Zokirov kabi charm qo‘lqop ustalarimiz o‘z vaznlarida 1/2 final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi.  

Bugun, 13 sentyabr kuni Sabina Boboqulova, Feruza Kazakova, Aziza Zokirova, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Javohir Ummataliyev hamda Akmaljon Isroilov dunyo birinchiligining final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan bellashuvlarda ringga ko‘tariladi. Fazliddin Erkinboyev esa ushbu kunda jahon chempionligi uchun jang qiladi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA