Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
5 nafar bemor bola Germaniya klinikalarida davolanib, yurtimizga qaytdi
18:03 / 2024-11-07

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlik doirasida 2003 yildan buyon respublikamizdan 12 yoshgacha bo‘lgan bemor va nogiron bolalar har yili 2 marta xayriya yo‘li bilan Germaniyaning nufuzli klinikalariga uzoq muddatli davolanishga yuborilmoqda.

Mazkur hamkorlik doirasida Germaniya klinikalarida davolanib, sog‘lomlashtirilgan 6 nafar bemor bola yurtimizga qaytib keldi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida fond mutasaddilari hamda ota-onalari kutib oldi. 

Xorazmlik Orzubek Sharifboyev 9 yoshda. Unga bosh va ikkala qo‘l panjasining kuyishdan keyingi tortiluvchi depigmentlangan chandig‘i, ikkala panja amputatsion chultog‘i tashxisi qo‘yilgan. U ham o‘tgan yilning 8 noyabrida Germaniyaga davolanish uchun ketgan edi. Bir yil davomida tajribali shifokorlar tomonidan kerakli muolajalarni olib, mana bugun yurtimizga qaytib keldi. 

– Vatanimga, yurtimga qaytib kelganimdan judayam xursandman, – deydi Orzubek. – Oila a’zolarimni, yaqinlarimni sog‘indim. Bizga Germaniyada juda yaxshi qarashdi. Buning uchun imkoniyat yaratib berganlarga, shifokorlarga, fond mutasaddilariga rahmat aytaman. 

Shuningdek, yana 5 (4 nafar o‘zbekistonlik va 1 nafar qirg‘izistonlik) bemor bola davolanish uchun 2 nafar shifokor hamrohligida Germaniyaga jo‘nab ketdi. 

Mohigul Qosimova, O‘zA