Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
5 kunda 110 ta qonunbuzarlik
11:26 / 2020-07-16

Avtotransport vositasida asossiz hamda maqsadsiz harakatlangan ushbu fuqarolar karantin talablarini qoʻpol ravishda buzgan.


Sirdaryo viloyatida joriy yilning 10-15-iyul kunlari, yaʼni 5 kun mobaynida karantin talablarini buzgan 110 nafar fuqaroning avtotransport vositalari jarima maydonchasiga tushgan. Ularga nisbatan 343 million 420 ming soʻm miqdorida jarima rasmiylashtirilgan.

Avtotransport vositasida asossiz hamda maqsadsiz harakatlangan ushbu fuqarolar karantin talablarini qoʻpol ravishda buzgan. Shu sababdan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 2-bandiga asosan jismoniy shaxslarga eng kam ish haqqining 20 barobaridan 30 barobarigacha, mansabdor shaxslarga nisbatan eng kam ish haqqining 30 barobaridan 50 barobarigacha (yangi qoidaga koʻra belgilangan jarima 15 kun ichida toʻlansa, jarima summasining 70 foizi miqdorini toʻlashi belgilab qoʻyildi) maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirildi.

5 kun davomida jarima maydonchasiga qoʻyilgan avtotrasport vositalari orasida bir qator mansabdor shaxslarning ham avtomobillari borligi taʼkidlanmoqda.

Sirdaryo viloyati YHX boshqarmasi barcha fuqarolarni karantin talablariga qatʼiy rioya qilishga chaqirib murojaat qildi. “Maqsad jarimaga tortib, kimlarningdir ogʻriqli nuqtalariga tegish emas, balki buning pirovardida avvalo oʻzlaringiz, yaqinlaringiz qolaversa barchaning sihat-salomatligi oʻylanib amalga oshirilayotgan sayʼ-harakatlardir” deyiladi murojaatda.

Qadrli yurtdoshlar belgilangan vaqtlardan tashqari avtotransport vositasida harakatlanishni cheklang. Oʻzingiz va oʻzgalar salomatligiga befarq boʻlmang.

Karantin qoidalarini buzmang, zero, oddiy fuqaromi, mansabdor shaxsmi qonun barcha uchun barobar ekanligini unutmang. Eng yaxshisi uyda qoling.