Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
5 dekabr — Butunjahon raqobat kuni
14:40 / 2025-12-05

1980 yilda BMT tashabbusi bilan joriy etilgan ushbu sana butun dunyoda adolatli bozor tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan muhim kun sifatida nishonlanadi. Chunki, raqobat iqtisodiyotni jonlantiradigan, odamlar hayotini yaxshilaydigan, bozorda ochiqlik va samaradorlikni ta’minlaydigan asosiy omildir.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda monopoliyani cheklash, bozorni asossiz ustunliklardan tozalash bo‘yicha tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Asossiz tariflar, narxlar yoki soxta raqobat orqali iste’molchi manfaatiga zarar yetkazish holatlariga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan mahalladan tortib davlat tashkilotlarigacha – keng jamoatchilikni raqobat madaniyatiga oid tushunchalar bilan tanishtirish, huquqiy savodxonlikni oshirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

5 dekabr  — bozorda adolatni ta’minlash, tadbirkorga huquq va imkoniyat berish, iste’molchini himoya qilish va mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladigan qonun ustuvorligini mustahkamlash borasidagi fidoiy mehnatni e’tirof etish kunidir.

Raqobat har bir tadbirkorga o‘z iqtidori, aqli, mehnati bilan muvaffaqiyat qozonish uchun imkoniyat yaratish demakdir. Chin ma’nodagi raqobat bor joyda o‘sish, yangilanish va ravnaqka erishish muqarrar.

Nigora Rahmonova, O‘zA