English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
49 million dollarlik investitsiya loyihasi amaliyotga tatbiq etilmoqda
17:32 / 2020-03-30

Bugungi kunda “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan “Shoʻrtan” neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida mavjud uchta propan-butan aralashmasini olish qurilmasini (UPPBS-3/1,2,5) modernizatsiya qilish” boʻyicha qiymati 49 million dollarlik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.


Bugungi kunda “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan “Shoʻrtan” neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida mavjud uchta propan-butan aralashmasini olish qurilmasini (UPPBS-3/1,2,5) modernizatsiya qilish” boʻyicha qiymati 49 million dollarlik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati maʼlum qildi.

Loyiha uchun Ukrainaning “Sumskoye NPO”, Rossiyaning “KMPO”, “NIPI NG PETON”, “Elektrostandart-pribor”, Shveysariyaning “Endress+Hauser” va boshqa chet el zavodlarida ishlab chiqarilayotgan uskunalar import asosida xarid qilinadi.

Uskunalar boʻyicha tayyorlash ishlari boshlangan boʻlib hozirda siquv kompressori stansiyasining bir nechta almashuvchi ichki qismlari, ZRA va KIPiA uskunalari, past kuchlanishli elektr uskunalari, suyultirilgan gazni saqlash sigʻimlari, separatorlar, laboratoriya jihozlari kabi uskunalar olib kelingan.

“Muborakneftgazmontaj” MCHJ bosh pudratchi sifatida qurilish ishlarini bajarmoqda.

Maʼlum qilinishicha, mazkur ishlar joriy yilning sentyabr oyiga qadar yakunlanadi.