French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
48 nafar xodimga ish haqi undirib berildi
09:24 / 2021-12-16

Majburiy ijro byurosi Guliston shahar bo‘limi ish yurituviga sud buyruqlariga asosan qarzdor «Sirdaryo Agroservis MTP» MCHJdan undiruvchilar, ya’ni MCHJ ishchilari foydasiga oylik ish haqi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari taraflarga yuborilgan.

Mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunning 21-moddasiga asosan so‘rovnomalar yuborilgan va «Sirdaryo Agroservis MTP» MCHJning asosiy hisob raqamlariga (ish haqidan tashqari) band solingan hamda inkasso topshiriqnomasi xizmat ko‘rsatuvchi bankka ijro qilishlik uchun yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida «Sirdaryo Agroservis MTP» MCHJdan 48 nafar ishchi xodimga 209 700 000 so‘m oylik ish haqi undirib berildi.


F.Eshmatov,
Majburiy ijro byurosi Guliston shahar bo‘limi boshlig‘i